Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdulillahi Robbil A’lamin was-solati was-salaamu ‘ala sayyidina Muhammad wa ‘ala aalihi wa as’habihi ajma’in. Amma ba’d.
Aziz birodarlar, muhtarama opalar, singillar, As-salaamu ‘Aleikum wa rohmatullohi wa barokatuh.
Otabek ismli birodarimiz bizga musiqa haqida savol yo’llaganlar:
“Hozirgi kunda to’ylarda chalinayotgan musiqa, karnay-surnaylarning hukmi nima va ularni eshitganga, o’yinga tushganga, artistlarga [raqqosalar] qanday azoblar bor? “ – deb yozibdilar.
Biz musiqa masalasida avvalo mazhab ulamolarining so’zlariga murojaat qilaylik. Hanafiy mazhab ulamolari musiqa asboblarining barcha turini xarom deyishgan. Jumladan, chertib chalinadigan, urib chalinadigan, puflab chalinadigan asboblarni ular rad etganlar. Faqat to’yda, [ya’ni] nikoh to’yida chalinadigan doira bilan jangda chalinadigan do’mbaranigina halol deyishgan.
Hashiyat ibnu ‘Abidiyn ...