Alloh payg'ambar-elchilari orqali insoniyatga jo'natgan Zabur, Tavrot, Injil, Qur'on kabi ilohiy kitoblarga musulmonlar qanday iymon keltiradilar? Bu kitoblar haqida, ularda nima yozilganligi haqida musulmonlar qayerdan ma'lumot oladilar?
Hozirda "Bible" yoki "Muqaddas kitob" deb tanilgan "Eski ahd" va "Yangi ahd"dan tashkil topgan kitoblarga musulmonlar butunlayin shunday holicha iymon keltirmaydilar. Chunki bu kitoblar asli nusxadagi Alloh jo'natgan muqaddas Tavrot va Injil emasdir. Asl nusxadagi kitoblar asrlar mobaynida yomon niyyatli kimsalar tomonidan, urushlarda, zulmlarda odamlar tomonidan o'zgartirilgan. Bu o'zgarishlarni ham qo'shib butun boshli kitobning hozirgi holati Allohdan deb qabul qilib bo'lmaydi.
Shuning uchun bugungi kunda eng ishonarli muqaddas ilohiy kitob bu Qur'ondir. Qur'ondan boshqa kitoblardagi ma'lumotlarga ishonch yo'qdir.
"Islom Dini" loyihasi. Rabiyal avval, 1430-yil.
http://www.islomdini.info - diniy ma'ruza, nasihat, fatvo, maqola, audio, video.