Alloh hidoyatini qabul qilib Jannat yo'lini tanlab, bu dunyoda iymon, tahorat va namoz bilan yashnamoqni niyyat qilganlar uchun "Tahorat va Namozdan" boshlang'ich darslarimizni taqdim etamiz.
Ushbu darslar Avstraliyalik musulmonlar tomonidan tayyorlangan bo'lib, o'zbek tiliga IslomDini loyihasida ost-yozuvli tarjima qilindi. Bu inglizcha o'rganmoqchi bo'lgan musulmonlar uchun ham ancha foydali bo'ladi deb umid qilamiz.
Birinchi dars har bir musulmon amal qilishi kerak bo'lgan eng sodda shaxsiy gigiyena qoidalari haqida. Darsimiz davomida va umuman IslomDini loyihasi darslarida bu mavzularga hali yana ko'p qaytib kelamiz.
Tushunmagan savollar bo'lsa va video qo'llanma sifati haqida tanbeh-shikoyatlar bo'lsa, bemalol biz bilan bog'laning.