Gunohlardan tavba qilish - Shayx Obid qori, uzbekSavol: Men namoz o'qishni, Islom dinini mukammal darajada o'rganishni juda-juda xohlayman. Men O'zbekistonda emasligim uchun bilmayman. Hozir musofir yurtdaman. Men nima qilishim kerak? Yoshim 22da. Shu vaqtlarda qilgan gunohim va bundan keyingilari uchun tavba qilishni istayman. Asli musulmon bo'lsamda, musulmonning amallarini yaxshi bilmayman. Sizlardan iltimos, menga yordam beringlar. Oldindan katta rahmat. Hilola. Javob: Alloh taolo sizga yordam bersin. Insonning niyati xolis, harakati jiddiy bo'lsa, albatta Alloh madad ato qiladi.
Rabbingiz nomidan ayting: “Ey o'zlarining zararlariga ko'p gunoh qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan umid uzmangiz. Shubhasiz, Alloh barcha gunohlarni kechiradi. Albatta U G'afurdir, Rahiymdir (53). Sizlarga azob kelib, yordamsiz qolib ketmasingizdan avval Rabbingizga qayting va Unga taslim bo'ling. (54). O'zingiz sezmagan holingizda to'satdan azob kelib qolmasidan burun, sizlarga nozil qilingan kitoblarning eng afzaliga ergashing. (55). Toki, hech bir jon ...