Paypoqqa mas'h tortish masalasida ixtiloflar - Shayx Obid qori, uzbekSavol: Domla, mening ba'zi xatlarimga javob bermadingiz. Mayli, men Sizdan roziman. Yana savolim bor. Siz paypoqqa mas'h tortish masalasiga hadislar asosida ruxsat berilganini aytgansiz. Lekin shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bu masalada ruxsat yo'qligini aytganlar? Kimning javobiga amal qilay?
Hurmat bilan Mirabbos.
Javob: Bizga kelgan savollarning ko'pligi, vaqtimizning esa cheklanganligi tufayli, afsuski, ularning hammasiga ham o'z vaqtida javob qila olmayapmiz. Sizning “mening ba'zi xatlarimga javob bermadingiz” degan so'zingiz sabab, savollariga javob olmagan birodarlardan uzr so'rayman. Biz javob berishda hujjat va dalillarni zikr qilib o'tirmasdan, o'zimizning so'zimiz yoki fikrimiz bilan gapirishga odat qilganimizda edi, balki ko'p savollarga allaqachon javob berib yuborgan bo'lar edik. Ammo bu uslub to'g'ri bo'lmaydi, vallohu a'lam. Biz savolga javob tayyorlashda aniq hujjat va dalillarga asoslanishga harakat qilamiz. To dalil-hujjatlarini aniq bilmagunimizcha mavzuga ...